Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi (foto)

AQSh politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi (foto)

Foto: Murrieta Police Department

Lego kompaniyasi AQSh politsiyasidan jinoyatchilarning yuzlarini sariq odamchalarning boshlari bilan yashirishni to‘xtatishni talab qildi.

Marriyeta shahri (Kaliforniya shtati) politsiya departamenti xodimlari, hibsga olinganlarning yuzini ommaga namoyish etish taqiqlangani bois, ularning fotosuratlarini tahrirlashni boshlagandi. 2023 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan ushbu cheklov gumon ostiga olinganlar va ularning oilalarini himoyalashga qaratilgan.

Departamentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hibsga olingan Shrek, Eshak, Rojdestvo o‘g‘risi Grinch va Lego-odamchalar ancha ko‘payib qolgandi.

Biroq Lego kompaniyasiga bu g‘oya ma’qul kelmadi. «Lego Group bizga murojaat qilib, ularning mulkidan o‘z kontentimizda foydalanmaslikni talab qildi. Talabni qabul qilamiz va unga rioya qilamiz», — deyiladi politsiya departamenti bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring