Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuzning ikkinchi oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Kuzning ikkinchi oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati agentligi O‘zbekistonda 30-sentyabr – 2-oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-sentyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 1-2-oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30-sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 1-oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 2-oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30-sentyabrda va 2-oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 1-oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 2-oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30-sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 1-2-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 30-sentyabrda 20-25°, 1-oktyabrda 23-28°, 2-oktyabrda 25-30° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30-sentyabrda va 2-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 30-sentyabrda 20-25°, 1-2-oktyabrda 22-27° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring