Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kunni medal bilan boshladik

Kunni medal bilan boshladik

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kuniga ham start berildi. Ushbu kun dasturida hamyurtimiz Elbek Sultonov kunning birinchi xushxabarini keltirdi.

Para-yengil atletikaning F12 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning dastlabki urinishda qayd etgan 15.94 metr natijasi yakunda shohsupaga ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Ta’kidlash joiz, bu Sultonov uchun yangi shaxsiy natija bo‘ldi. G‘oliblik jahon rekordini o‘rnatgan ispaniyalik Kim Lopesga (17.04) nasib etgan bo‘lsa, ukrainalik Roman Danilyuk (16.53) kumush medalga ega chiqdi.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari.
Erkaklar, yadro uloqtirish F12 toifasi

1. Kim Lopes (Ispaniya) – 17.04
2. Roman Danilyuk (Ukraina) – 16.53
3. Elbek Sultonov (O‘zbekiston) – 15.94

Shu tariqa, delegatsiyamizning qo‘lga kiritgan medallari soni 1 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring