Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+190. Koronavirus yuqtirganlar soni 56 mingdan oshdi

+190. Koronavirus yuqtirganlar soni 56 mingdan oshdi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 29-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 068 (+190) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 120 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 52 466 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 139 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring