Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lmoqchi

Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lmoqchi

Foto: FightTime

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2025-yilda Irlandiya prezidentligi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda u X tarmog‘ida yozdi.

«Prezident bo‘lsam, quyi palatani chaqirish hamda tarqatib yuborish ixtiyorimga o‘tadi. Aytganimdek, mehnatkashlarni talayotgan, oilaviy qadriyatlarni poymol qilayotgan, kichik biznesni xonavayron qilayotganlardan Irlandiya xalqining hamma savollariga javob olishni istayman... Aks holda quyi palatani to‘liq tarqatib yuborishdan o‘zga choram qolmaydi. Bu mening prezident sifatidagi vakolatim bo‘lardi. Irlandiyaga faqat xalq manfaati uchun ishlaydigan prezident kerak. Bu menman. Men — yagona mantiqiy tanlovman. 2025-yil yaqinlashmoqda...», — deb yozdi Konor Makgregor.

Irlandiyaning hozirgi prezidenti — 83 yoshli Maykl Higgins. U 2011 va 2018-yillarda saylovlarda g‘olib chiqqan. Irlandiya konstitutsiyasiga ko‘ra, bir fuqaro prezident lavozimida ikki muddatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Irlandiyada navbatdagi prezidentlik saylovi 2025-yilda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring