Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor yana to‘qnashadi, ammo rollar o‘zgardi

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor yana to‘qnashadi, ammo rollar o‘zgardi

Foto: UFC

UFC chempioni Habib Nurmagomedov va uning irlandiyalik raqibi Konor Makgregorning yo‘llari yana tutashmoqda. Bu haqda DovySime MMA xabar berdi.

2025-yilning 25-yanvarida Dubayda Bellator yengil divizoni chempionlik kamari uchun rossiyalik Usmon Nurmagomedov irlandiyalik Pol Hyuzga qarshi jang qiladi.

Habib amakivachchasiga, Makgregor esa Hyuzga sekundantlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni 2018-yilning 7-oktyabrida o‘zaro jangda mag‘lubiyatga uchratgan. O‘shanda irlandiyalik to‘rtinchi raundda taslim bo‘lib, jang to‘rtinchi raundda to‘xtatilgandi. Shundan buyon Makgregor revansh olish uchun Nurmagomedovni bir necha marta jangga chorlagan, biroq ular oktagonda qayta ko‘rishmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring