Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kongo DR o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qildi

Kongo DR o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qildi

Illyustrativ foto

Kongo Demokratik Respublikasida o‘lim jazosiga moratoriy bekor qilindi. 20 yildan ko‘proq amalda bo‘lgan moratoriy bekor qilingani haqida mamlakat adliya vaziri Rouz Mutombo bayonot berdi.

«O‘lim jazosi davlatga xoinlikda aybli deb topilgan harbiy xizmatchilar, odamlarni o‘ldirgan jinoiy to‘dalar a’zolariga nisbatan qo‘llaniladi», — adliya vaziridan iqtibos keltirdi Agence France-Presse (AFP).

Kongo DR amaldagi qonunchiligida o‘lim jazosi mavjud. Biroq 2003-yilda moratoriy e’lon qilinganidan buyon ushbu jazo ijro etilmagan. O‘shandan buyon o‘lim jazosiga hukm qilinganlar avtomatik tarzda bir umrga ozodlikdan mahrum etilgan.

O‘lim jazosi oldin hukm qilinganlarga ham tatbiq etiladimi yoki faqat yangi hukmlarga qo‘llaniladimi — hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring