Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kongoda tarqalgan noma’lum kasallikka aniqlik kiritildi

Kongoda tarqalgan noma’lum kasallikka aniqlik kiritildi

Foto: The Guardian

2024-yilning oktyabr oyi oxirida Kongo Demokratik Respublikasida noma’lum kasallik  tarqalib, ko‘plab bemorlarning o‘limiga sababchi bo‘lgandi. E’tiborli jihati, bemorlarning aksariyati 15 yoshdan oshgan o‘smirlar edi.

USA Today Kongo DR sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib yozishicha, Kvango (Kongo) provinsiyasidagi Panzi tibbiyot-sanitariya zonasida aniqlangan noma’lum kasallik bezgakning og‘ir shakli bo‘lib chiqdi. U respirator (nafas yo‘llari orqali yuquvchi) kasallikdir.

«Kongo DR hukumati rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, kasallanganlar soni jami 593 nafar, shulardan 36 nafari vafot etgan. O‘z navbatida, avvalroq Kvango provinsiyasi ma’muriyati 143 kishi o‘lganini ma’lum qilgandi», — deyiladi xabarda.

Bezgak — eng keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri. JSST ma’lumotiga ko‘ra, har yili jahonda 620 ming kishi, asosan bolalar bezgak kasalligidan vafot etadi. O‘lim holatlarining 93 foizi Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring