Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 26 oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning (Komil Allamjonovning haydovchisi - tahr.) boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxs mazkur avtomashinaga o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashirinishgan.

Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring