Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Devid Beyker, Demis Hassabis va Jon Jamper 2024 yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi.

«Kimyo bo‘yicha 2024 yilgi Nobelmukofoti oqsillarga, hayotning kimyoviy vositalariga bag‘ishlangan. Devid Beyker deyarli imkonsiz ishda muvaffaqiyat qozondi — oqsillarning mutlaqo yangi turlarini yaratdi. Demis Hassabis va Jon Jamper 50 yillik muammo, ya’ni murakkab oqsil tuzilmalarini bashorat qilishni hal qilish uchun sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdilar. Bu kashfiyotlar ulkan salohiyatga ega», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring