Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In 30 nafar amaldorni qatl qildirgani ma’lum bo‘ldi

Kim Chen In 30 nafar amaldorni qatl qildirgani ma’lum bo‘ldi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yozda 4000 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan yirik suv toshqinlari va ko‘chkilarning oldini ololmaganlikda ayblab, 30 nafargacha amaldorni qatl etishni buyurdi. Bu haqda Janubiy Koreya OAVlari xabar bermoqda.

Shimoliy Koreya rejimi rasmiysi Chosun TV telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreyaning 20 dan 30 tagacha yetakchisi korrupsiya va burchni buzganlikda ayblanib, o‘limga hukm qilinganini aytdi. «O‘tgan oyda toshqindan jabr ko‘rgan hududlarda 20-30 ta asosiy shaxs bir vaqtning o‘zida qatl etilgani aniqlandi», dedi u nashrga.

Koreya markaziy axborot agentligi avvalroq Kim Chen In Chagang provinsiyasida 4000 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan alokatli suv toshqinlaridan keyin amaldorlarni qattiq jazolashni buyurgani haqida xabar bergan edi. O‘n besh mingdan oshiq kishi ko‘chada qolgan. 

Qatl etilgan amaldorlarga oid ma’lumotlar oshkor etilmagan.

O‘tgan oy Kim Chen In suv bosgan hududlarga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashib, hududlarni tiklash uchun bir necha oy vaqt ketishini taxmin qilgan edi. Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreya OAVlarining minglab qurbonlar haqidagi xabarlarini ham rad etdi.

Shimoliy Koreyada ommaviy qatllar ko‘p. Korea Times nashriga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasidan oldin mamlakatda yiliga o‘rtacha 10 ta ommaviy qatl amalga oshirilgan. Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich oshgan, o‘tgan yili kamida 100 ta qatl bo‘lib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring