Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelgusida chet hududlardagi qoidabuzarliklarni dronlar qayd etib boradi – loyiha

Kelgusida chet hududlardagi qoidabuzarliklarni dronlar qayd etib boradi – loyiha

Axborot texnologiyalarni joriy etish orqali IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratiladi.

Bu boradagi Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Mazkur hujjat bilan yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ham ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, 2023-yilning oktyabr oyidan boshlab bosqichma-bosqich aholi yashash punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlik yoki hodisalarni, qidiruvdagi transport vositasini aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda yordam ko‘rsatishda tezkorlikka erishish maqsadida uchuvchisiz uchar apparatlari (dron)dan foydalaniladi.

Mazkur yangilik tegishli vazirlik va idoralar nazorati ostida yo‘lga qo‘yilib, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring