Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinni buzgan ob’yektlar yopib qo‘yiladi

Karantinni buzgan ob’yektlar yopib qo‘yiladi

Foto: Xabar.uz

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi kengaytirilgan yig‘ilishda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin tartibini kuchaytirish bo‘yicha qator choralar e’lon qilindi.

Jumladan:

  • Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi hamda jamoat joylarida antiseptik vositalardan foydalanish talablariga amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat olib boradi. Talablar buzilgan taqdirda, keskin choralar ko‘riladi.
  • Toshkent shahri va hududlardagi barcha tashkilotlar, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar markazlarga kirishda tana haroratini tekshirish va antiseptik vositalarni qo‘llash talablari kuchaytiriladi. Ushbu tartib-qoidalarning buzilishi aniqlanganda mazkur ob’yektlar vaqtincha yopib qo‘yiladi.
  • Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda karantin choralariga rioya qilinishi bo‘yicha nazorat yanada kuchaytiriladi.

Avvalroq 18 apreldan karantin qoidalari bo‘yicha nazorat kuchaytirilishi, oshxonalar va avtobuslarda cheklovlar bo‘lishi haqida xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring