Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantinda ham transport vositasini mast holda boshqarish holati ko‘p uchramoqda

Karantinda ham transport vositasini mast holda boshqarish holati ko‘p uchramoqda

Hozirgi kunda Toshkent viloyati IIBBning 1 ming 500 ziyod xodimlari karantin tadbirlariga jalb qilingan bo‘lib, tunu kun xizmat olib bormoqda. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Kecha, 31 may kun o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 722 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, kecha 30 may kuni 1 476 ta holat qayd etilgan.

Shuningdek, ikki kun davomida 3 113 nafar fuqarolar karantin qoidalarini buzmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirilgan.

Kecha aniqlangan holatlarning 400 ga yaqini Zangiota va Qibray tumanlari hamda Angren shahriga to‘g‘ri kelsa, kechagi kunga ham Zangiota va Qibray tumanlari hamda Chirchiq shahri bilan birga 380 dan ortiq holatlar to‘g‘ri keladi.

Yana shuni alohida qayd etish kerakki joriy qilingan karantin tadbirlari birinchi navbatda haydovchilarning o‘zlari, qolaversa har bir fuqaro salomatligi uchun bo‘lsa, afsus buni hali hanuz tushunmayotganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

IIBB YHXB inspektorlari tomonidan birgina kechaning o‘zida 141 nafar haydovchi tomonidan karantin qoidalarini buzish aniqlangan bo‘lsa, undan avval 108 ta bo‘lgan. Transport vositasini hujjatsiz boshqarish bo‘yicha bugun 463 ta, kecha 265 ta holat aniqlangan. Shuningdek, transport vositasini mast holda boshqarish bilan bog‘liq bugun 7 ta kecha 15 ta holat aniqlangan. Shu va boshqa turdagi qoidabuzarliklar bilan karantin tadbirlari boshidan hozirgi kunga qadar 15 560 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Shuningdek, erta 1 iyun kunidan boshlab, Toshkent viloyati IIBB va hamkorlikdagi tashkilotlar vakillaridan tuzilgan maxsus guruh tomonidan karantin qoidalariga amal qilish yuzasidan, «qizil» toifaga kiritilgan hududlarda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi.

Hurmatli fuqarolar! O‘rnatilgan cheklovlar va qoidalarga amal qilishingiz o‘zingiz va yaqinlaringiz, qolaversa har bir fuqaro sog‘ligining garovidir. Karantin qoidalariga qat’iy amal qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring