Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamerasi 200 megapikselli ilk smartfonni qaysi kompaniya chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Kamerasi 200 megapikselli ilk smartfonni qaysi kompaniya chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Profile»

«ZTE» (Xitoy) kompaniyasi raqobatchilari orasida birinchi bo‘lib 200 megapikselli kamerali smartfon chiqarmoqchi. Bu haqda kompaniya vakiliga asoslanib «GSMArena» xabar berdi.

Yangi «ZTE Axon 30 Pro» smartfoni 16K video olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xitoy kompaniyasi smartfonidagi sensor o‘lchamlari 1/1,37 dyuymga teng, agar solishtirilsa, «Samsung Galaxy S21 Ultra»da o‘rnatilgan 108 megapikselli sensordan sal kichik.

G‘ira-shirada, hatto qop-qorong‘uda ham bu telefonda suratga olish mumkin, deyiladi xabarda. Smartfon Snapdragon 888 mobil protsessorida ishlaydi, 200 MP kamerasi esa ISP Spectra 580 chipsetidan kuch oladi.

Bu esa «ZTE»ning 64 MP kamerali smartfoni. Foto: «GSMArena»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring