Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Juma tabriklari» ham javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilyapti. O‘MI bunga o‘z munosabatini bildirdi

«Juma tabriklari» ham javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilyapti. O‘MI bunga o‘z munosabatini bildirdi

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda diniy mazmundagi materiallar, jumladan, juma kuni bilan o‘zaro tabrik almashish, shuningdek, Qur’oni karim oyatlari, Payg‘ambar alayhissalom hadislari, O‘zbekistondagi din ulamolari va imom-domlalarining ma’ruzalarini tarqatish ham mumkin emas, degan mazmundagi xabarlar tarqalayotgan edi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, ularning asossiz ekanini aytmoqda.

Jumladan, idora «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning e’tiqod erkinligi kafolatlanishi haqidagi qoidasini eslatib, fuqarolar dinga e’tiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining ta’limotlarini o‘rganish haq-huquqiga ega ekanligini ta’kidlaydi.

«Shunga binoan mo‘min-musulmonlar uchun zarur bo‘lgan diniy masalalar rasmiy elektron manbalar orqali keng yoritib borilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta’qib yo‘q», – deyiladi munosabatda.

O‘MI, shu bilan birga, rasmiy va yetakchi elektron manbalar ro‘yxatini ham ilova qiladi (to‘liq ro‘yxat ushbu havolada).   

Shuningdek, Islom ma’rifatini tarqatish, xalqimizga dinu diyonatni yetkazish va yoshlarni ilmu ma’rifatli qilish ziyolilar, xususan din peshvolarining eng muhim vazifasi ekanligi ta’kidlanadi.

Shu ma’noda, musulmonlarga rasmiy, ishonchli ijtimoiy tarmoqlardagi diniy-ma’rifiy mazmundagi barcha ma’lumotlarni mutolaa qilishlari hamda yaqinlariga ulashishlari mumkinligi aytiladi.

O‘z navbatida, idora buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatilishiga qarshiligini bildirgan. Ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda hoh juma tabrigi bo‘lsin, hoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan ta’qiqlanishi eslatilmoqda.

Ma’lumot uchun, ishonchli va foydali sayt va kanallar:

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tarqatish taqiqlangan ekstremistik sayt va tarmoqlar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring