Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST saharlik bo‘yicha muhim tavsiyalarni e’lon qildi

JSST saharlik bo‘yicha muhim tavsiyalarni e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalaridan saharlik dasturxoni uchun taomnoma tuzishga doir maslahatlar ham o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, «og‘izni yopish»dan oldin ovqat yeyish lozim. Saharlik paytida yengil taomlaning. Bu ayniqsa ro‘za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, o‘smirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun ham muhim!

Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod mavjud bo‘lgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) va/yoki tuxum kabi oqsilga boy ne’matlarni iste’mol qilish foydali.

Sekinroq va mayda chaynab ovqatlangan ma’qul. Ko‘p miqdordagi tanavvul jig‘ildon qaynashi va bezovtalikka sabab bo‘ladi.

Saharlik uchun JSST tavsiyalari:

- ikki burda non;

- sabzavotli omlet yoki yaxshi qaynatilgan tuxum;

- to‘g‘ralgan sabzavotlar;

- pishloq yoki sut mahsulotlari;

- choy;

 Yetarli miqdorda suv ichishni unutmang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring