Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda iste’mol talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotishni oldi olindi

Jizzaxda iste’mol talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotishni oldi olindi

Jizzax viloyatida pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.F. pandemiya sharoitida aholining iste’mol talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 206 dona «DESREM Remdesivir for injection» dori vositasining har bir qutisini 680 ming so‘mdan hisoblab jami 140 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan umumiy bahosi 179,3 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring