Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
Prezidentning tegishli farmoni bilan shu kunga qadar Jizzax viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Ergash Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga viloyat hokimligini «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev boshqaradi.
U.Mustafoyev Prezidentning tegishli farmoni bilan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter