Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

«Ibodat libosi» jiddiy muhokama qilingani aytilmoqda

«Ibodat libosi» jiddiy muhokama qilingani aytilmoqda

Aytishlaricha, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalarida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi, xususan, qonunchilikdan «ibodat libosi» atamasini chiqarib tashlash masalasi muhokama qilingan.

Jumladan, adliya vaziri o‘rinbosari bu o‘zgartishlar ortidan kelib chiqadigan ijobiy natijalar, xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi masalasi ham ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida gapirgan.

Shaxsan men ushbu qonun loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Xususan, «ibodat libosi» bilan bog‘liq norma amaliyotda shu paytgacha biror ijobiy foyda keltirmagan, aksincha nafaqat vijdon erkinligini cheklash yoki qiyinchilik tug‘dirish, balki kimlargadir yoqmay qolgan insonlarni «diniy maqom» bilan jazolash uchun richag bo‘lib xizmat qilgan. So‘nggi yillardagi diniy bag‘rikenglik bo‘yicha qilinayotgan o‘zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida mazkur o‘zgarish Hukumatning ijobiy imijiga yaxshi ta’sir qilishi, insonlarda ishonchni yanada mustahkamlashi tabiiy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring