Jamoat joylarida ibodat liboslarida yurish bo‘yicha belgilangan jazo bekor qilinmoqda
Yangi «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks» loyihasida «Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi» bo‘yicha belgilangan jazo olib tashlanmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Amaldagi kodeksga ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq belgilangandi.
«Yaqinda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonundan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabi bekor qilingandi. Shunga asosan, yangi kodeksdan javobgarlik ham olib tashlanmoqda. Va nihoyat yana bir mantiqsiz va ko‘pchilikka noqulaylik keltirgan jazo yo‘qolayapti», deb yozadi deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter