Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya prezidentidan jiddiy bayonot

Janubiy Koreya prezidentidan jiddiy bayonot

Foto: Katehon.com

Agarda Shimoliy Koreya bilan munosabatlari yomonlashsa, Janubiy Koreya hududiga boshqa davlatning yadroviy qurolini joylashtirishi yoki o‘zi bu qurolni ishlab chiqarishi mumkin. Newsis agentligi xabariga ko‘ra, bugun, 12-yanvar kuni mudofaa hamda tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashgan mamlakat prezidenti Yun Sok Yol shunday bayonot berdi.

Vazirlar bilan uchrashuv yakunida Yun Sok Yol mamlakat harbiy qudratini, Seulga hujum qilingan taqdirda, «100 va hatto 1000 karra» qilib javob qaytaradigan darajada kuchaytirish topshirig‘ini bergan.

Avvalroq prezident Yun Sok Yol Janubiy Koreya va AQSh amerikaliklarning yadroviy qurolini jalb etgan holda, uning Shimoliy Koreyada potensial qo‘llanilishiga javoban, birgalikda o‘quvlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotganini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida, KXDR yetakchisi Kim Chen In Seul va Vashingtonning hamkorlikda harbiy mashqlar o‘tkazish niyatini «ulkan xato», degandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring