Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olinishi mumkin

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olinishi mumkin

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etish bo‘yicha ish yuzasidan chaqiruvga e’tibor bermagan va Korrupsiyaga qarshi tergov bo‘limiga bormagan.

Prezident mamlakatda harbiy holat e’lon qilganidan keyin qo‘zg‘atilgan fitna ishi bo‘yicha so‘roq qilinishi kerak edi. So‘roq mahalliy vaqt bilan soat 10:00da o‘tkazilishi belgilangandi.

Shu hafta boshida Yunga chaqiruv qog‘ozini yetkazishga urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi, chunki prezident idorasi hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortdi va ularni qaytarib yubordi. Korrupsiyaga qarshi tergov bo‘limi rahbari Ox Dong Vunning aytishicha, chaqiruv qog‘ozi ataylab rad etilgan. Endi agentlik prezidentni hibsga olish uchun sud orderini talab qilishi mumkin.

14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi.

Milliy assambleya tomonidan impichment e’lon qilinganidan so‘ng prezident Yun Sok Yol bu masala Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar lavozimidan chetlashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring