Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jamoat arbobi Kamola Mahmudova vafot etdi

Jamoat arbobi Kamola Mahmudova vafot etdi

Asli o‘zbekistonlik, YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasining sobiq rahbari, vatanida ko‘plab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan jamoat arbobi Kamola Mahmudova uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Londonda vafot etdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Kamola Mahmudova «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi qahramonlaridan biri. Ikki yil avval e’lon qilingan intervyusida u hayoti, bankdagi karerasi, oilasi va ko‘plab xayriya loyihalari, jumladan, Khan Academy ta’lim platformasini o‘zbek tilida ishlab chiqishga ko‘maklashish, saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish va Buxoroda ko‘chat ekish ishlari haqida so‘zlab bergan. 2020 yilda Shavkat Mirziyoyev uni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagandi.

«Londonda yashab, O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishimga jismoniy chegaralar to‘sqinlik qilmaydi. Buxoroda daraxt ekish, Nukusda kislorod stansiyalarini qurish, O‘zbekistonning har bir hududida bolalarga matematikani o‘rgatish mumkin. Geografik jihatdan qayerda ekanligingiz muhim emas. Asosiysi, yuragingiz O‘zbekistonda bo‘lsin», — degandi u intervyuda.

Kamola Mahmudovaning dafn marosimi 27 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring