Jahondagi eng yirik avtomobil yetkazib beruvchisi ma’lum qilindi
Yevropa Ittifoqi tomonidan elektromobillarga boj joriy etilishiga qaramay, Xitoy 2025-yilda jahon bozorida eng yirik avtomobil yetkazib beruvchisi bo‘lib qoladi.
Bunday prognozni ekspertlar hisobotiga tayanib, South China Morning Post nashri keltirdi.
Xua Chiang Securities ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy avtomobillari savdosi 2025-yilda 5,58 million donadan oshishi mumkin, bu yil kutilganidan 14 foizga ko‘p.
Biroq, gazeta yozganidek, Pekin tarif o‘zgarishlari tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga duch keladi. Shu munosabat bilan mamlakatning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari, jumladan, davlatga qarashli CAIC Motors kompaniyasi o‘z mahsulot assortimentini benzinli dvigatelli va gibrid modelli avtomobillarni o‘z ichiga olishi uchun diversifikatsiya qilishi kerak bo‘ladi.
Oktyabr oyi oxirida Yevropa Komissiyasi besh yil davomida Xitoy elektromobillarini Yevropa Ittifoqiga import qilish uchun 35,3% gacha bo‘lgan yakuniy boj to‘lovlarini e’lon qildi. BYD’dan elektromobillar uchun bojlar 17%, Geely - 18,8%, CAIC - 35,3%ni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter