Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«It solig‘i»dan Germaniya budjeti yaxshi foyda oldi

«It solig‘i»dan Germaniya budjeti yaxshi foyda oldi

Foto: «VisaSam.ru»

Germaniyada it boquvchilar soliqqa tortilishi ortidan 2020-yilda davlat budjetiga 380 million yevro kelib tushdi. Bu haqda mamlakat federal statistika idorasi ma’lumotlari asosida «Korrespondent» xabar berdi.

«It solig‘i»dan tushumlar 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘paydi. Trend davom etishi va 2021-yilda tushumlar yanada ko‘payishi aytilmoqda: birinchi chorakning o‘zida 159 million yevro soliq undirilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 8,4 foizga ko‘pdir.

Ma’lumot uchun: Germaniyada uyiga it olib kelgan odam uni yashash joyi bo‘yicha soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Soliq miqdori shahar yoki aholi maskaniga qarab o‘zgaradi, ko‘p shaharlarda urushqoq kuchuklar uchun belgilangan soliq yuki kattaroq. Agarda kimdir bir nechtalab kuchuk boqsa soliqni har biri uchun alohida to‘laydi — ikkinchisiga birinchisidan, uchinchisiga ikkinchisidan ko‘proq.

Germaniya soliqchilari mushuk boquvchilargacha yetib borishgani yo‘q. Hozircha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring