Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbulda Turkiy tillar axborot agentliklari alyansi tuzildi

Istanbulda Turkiy tillar axborot agentliklari alyansi tuzildi

Kecha, 6-noyabr kuni Istanbulda «Mediada birlik va kelajakka qarash» mavzusida tashkil etilgan turkiy tilli davlatlar media sammiti bo‘lib o‘tdi.

Sammitda tashkilotga a’zo davlatlar axborot agentliklari rahbarlari, jumladan O‘zbekiston axborot agentligi (O‘zA) bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, shuningdek, Turkiya Prezidenti ma’muriyatining Aloqa bo‘limi mudiri Fahrettin Altun, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev va boshqa oliy martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro axborot almashishda turkiy tilli davlatlar yetakchi media tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini alohida e’tirof etishdi.

Shunga ko‘ra, Alyans turkiy dunyoning mushtarak merosi va madaniyatini asrab-avaylash va ommalashtirishda muhim rol o‘ynashi qayd etildi.

Sammit yakuniga ko‘ra besh davlat media tuzilmalari rahbarlari o‘rtasida Turkiy tillar axborot agentliklari alyansini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring