Isroil O‘zbekistonni «xavfli» davlat deya topdi
Isroil tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarining xorijga safarlari bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.
Ushbu xabarda ko‘plab davlatlarga, jumladan O‘zbekistonga iloji boricha bormaslik tavsiya etilgan.
Milliy xavfsizlik kengashi dunyo davlatlarini turli darajalarga bo‘lib chiqdi.
AQSh, Kanada, Skandinaviya davlatlari, Yaponiya, Yangi Zelandiya kabi davlatlar yahudiylar uchun nisbatan xavfsiz deya topildi. Ikkinchi guruhga Rossiya (Kavkaz qismisiz), Xitoy, Braziliya, Avstraliya kabi davlatlar bor. Ushbu davlatlar o‘rtacha xavfli deya baholangan.
Yaqin Sharqdagi arab davlatlari, Eron, Afg‘oniston, Shimoliy Afrika hududlari juda xavfli deya topildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 dekabrdan Isroil qaytadan G‘azo sektorini bombalashga kirishdi. Dunyo bo‘ylab urushga qarshi va Falastinni qo‘llab namoyishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter