Isroil uch mamlakat hududiga zarbalar berdi
Isroil qo‘shinlari dushanba kuni Livan janubidagi chegara hududida «cheklangan operatsiya» boshlanganini e’lon qildi.
«Bir necha soat oldin Isroil armiyasi Livan janubidagi «Hizbulloh» ob’yektlari va infratuzilmalariga qarshi aniq razvedka ma’lumotlari asosida cheklangan, mahalliylashtirilgan va maqsadli quruqlikdagi reydlarni boshladi», — deyiladi hisobotda.
Isroil havo kuchlari va artilleriyasi hududdagi harbiy nishonlarga aniq zarbalar berib, quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Armiya matbuot xizmatining ta’kidlashicha, operatsiya rejasi o‘tgan oylarda tayyorlangan.
Tunda Livanning bir qancha nuqtalari, xususan mahalliy aeroport hududi o‘qqa tutilgan.
Isroil armiyasi Livan janubidagi falastinlik qochqinlar lageriga ham hujum qildi. Hujum natijasida qurbon bo‘lganlar va yaradorlar bor. Livan janubidagi eng yirik Side shahrida ham portlash yuz berdi.
Livandan tashqari Suriya, Iroq hududlariga ham havodan zarbalar berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter