Ish haqi, pensiya va nafaqalar yana bir marta oshiriladi
2023-yilda O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalarni yana bir bor oshirish rejalashtirilgan.
Avvalroq 1-apreldan pensiya va nafaqalar o‘rtacha 7 foizga, 1-maydan esa budjet sohasi xodimlarining ish haqi 7 foizga oshishi xabar qilingandi.
Ikkinchi o‘sish 1-sentyabrdan rejalashtirilgan — davlat sektori xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar yana 10 foizga oshishi kerak.
2023-yilda ish haqi va pensiyalarning ikki baravar oshishi hisobiga umumiy o‘sish o‘rtacha 17,7 foizni tashkil etadi. Natijada, ish haqini indeksatsiya qilish prognoz qilingan inflyasiya darajasidan (10% doirasida) yuqori bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter