Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«INVEST FINANS BANK» AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

«INVEST FINANS BANK» AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida «INVEST FINANS BANK» AJning kredit xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi aniqlangan.

Jumladan, «INVEST FINANS BANK» AJ tomonidan Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida joylashgan LED monitorli reklama ob’yektlarida e’lon qilingan «50 000 000 tanishlarsiz, 50 kun foizlarsiz, 5 yilga, ta’til uchun, ta’mirlash uchun, texnika uchun» mazmunidagi reklama axboroti berilganligi kuzatildi.

Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, faqatgina «INFIN BLACK» kredit kartasi uchun 50 million so‘mgacha, 60 oyga, yillik 23,99 foizdan kredit ajratilishi, kartadan naqd pul yechish 2 foiz, kartadan kartaga pul o‘tkazish 1 foiz, alohida belgilanadigan foiz stavkasi yillik 25,55 foizdan 54,75 foizgacha ko‘rsatilgan.

Kredit bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va muxim ma’lumotlar tashqi reklamada ko‘rsatilmagan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan «Reklama to‘g‘risida»gi hamda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar  talablari buzilish alomatlari yuzasidan «INVEST FINANS BANK» AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy  jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring