Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 ming fuqaroga yordam berish yo‘li ma’lum qilindi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 ming fuqaroga yordam berish yo‘li ma’lum qilindi

Har bir tadbirkor o‘z hududidagi «temir daftar», «yoshlar daftari» va «ayollar daftari»ga kiritilgan va kasb-hunarga o‘qitilgan fuqarolardan hech bo‘lmasa 1 nafarini ish bilan ta’minlasa, o‘rtacha hisobda 400 ming kishi daromad manbaiga ega bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini navbatdan tashqari Prezidiumining yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Birgina yordamga muhtoj fuqaro ish bilan ta’minlansa, u orqali o‘rtacha 3 nafar oila a’zosi (jami 1,2 mln. kishi) manfaatdor bo‘ladi. Ushbu g‘oyaga tayanib, tadbirkorlar bilan birgalikda «Xar bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» tashabbusini ilgari sursak, Siz bu taklifga nima deysiz?! O‘ylaymanki, tadbirorlarimizning shundoq ham kasb-hunarga ega bo‘lgan , yosh va shijoatli xodimlarga har doim ehtiyoji bo‘lgan», — deya tadbirkorlarga murojaat qildi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring