Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Huquqiy bilimlar kuni»da 5 mingdan oshiq huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi

«Huquqiy bilimlar kuni»da 5 mingdan oshiq huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Adliya vazirligi o‘tgan yili butun respublika bo‘ylab o‘tkazilgan va o‘n minglab fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilgan «Huquqiy bilimlar kuni» aksiyasini bu yil ham davom ettirishga qaror qildi.

Aholining huquqiy bilimini baholash va rag‘batlantirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, shuningdek qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlar bu yil ham 12 oktyabr kuni butun respublika bo‘ylab o‘tkazildi.

#huquqiybilimlarkuni heshtegi ostida o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hamda ulardagi tumanlar markazlarida tashkil etildi.

Fleshmobda fuqarolarga hududiy adliya organlari va adliya bo‘limlari xodimlari hamda notariuslar va advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Shu kuni adliya vazirligi rahbariyatiham tadbirda ishtirok etdi va o‘nlab fuqarolar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularni qiynayotgan masalalar xususida huquqiy tavsiyalar berdi, ayrim muammolarni o‘z nazoratiga oldi.

Tadbirda huquqni faol targ‘ib qilish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazishga asosiy e’tibor qaratildi. Shu maqsadda tadbirga malakali notariuslar, advokatlar jalb etildi.

Fleshmobda 50 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Ularga Adliya vazirligi tomonidan minimal talablar asosida ishlab chiqilgan hamda aholi bilishi lozim bo‘lgan uy-joy, oila, soliq, bank, tadbirkorlik, yer, mehnat va ta’lim qonunchiligiga oid, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta bilan bog‘liq munosabatlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va boshqa sohalarga oid 5000 dan ortiq huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi. Shuningdek, 50 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot materiallari bepul tarqatildi.

Huquqiy fleshmob butun respublika bo‘ylab jami 15 ta hududda o‘tkazildi. Unda huquqni faol targ‘ib qilish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazishga asosiy e’tibor qaratildi.

Fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga rag‘batlantirish uchun fleshmob doirasida tanlov-testlar, viktorinalar, huquqiy targ‘ibotga doir boshqa aksiyalar tashkil etildi.

Xususan, fuqarolar tomonidan 10 mingdan ortiq huquqiy testlar yechilib, 3 mingta faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring