Hind tamadduni yozuvini o‘qiy olganga million dollar mukofot beriladi
Hindistonning Tamilnad shtati gubernatori Hind vodiysi tamadduniga mansub yozuvlarni o‘qiy olganga 1 mln dollar mukofot e’lon qildi, deb xabar berdi Good News Network.
Harrap yoki Hind madaniyatiga mansub odamlar 5500 yillar muqaddam zamonaviy Hindiston va Pokiston hududlarida joylashgan Hind daryosi vodiysida ilk turarjoylarini qurishni boshlashgan.
Hozirda olimlar 4000 ta artefaktdagi 68 ta belgidan iborat yozuvlarni o‘rganishmoqda. Ammo tilshunoslarning uzoq yillik sa’y-harakatlari, qolaversa, sun’iy intellektdan foydalanish ham foyda bergani yo‘q — harraplar yozuvi hamon o‘z sirini ochgani yo‘q.
Ma’lumot uchun: Hind yoki Harrap madaniyati — qadimgi Sharqning Misr va Bobildan so‘ng ko‘hnaligi bo‘yicha uchinchi tamadduni hisoblanadi. U yuqoridagi ikki madaniyatni qo‘shib hisoblaganda ham ikki baravar katta maydonda joylashgan. Hind tamadduni miloddan avvalgi 2600 va 1900-yillar oralig‘ida gullab-yashnab, nisbatan tez yo‘qlikka ravona bo‘lgan, bunga miloddan avvalgi 2200-yillardagi qurg‘oqchilik sabab bo‘lgani taxmin qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter