Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havo floti kuni: Chirchiqda harbiy aviashou o‘tkazildi

Havo floti kuni: Chirchiqda harbiy aviashou o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Yurtimizda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida Havo floti kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan «Chirchiq» poligonida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev, mudofaa vazirining o‘rinbosari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Axmad Burxonov, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov, shuningdek, boshqa mas’ul ofitserlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining bir guruh harbiy xizmatchilariga Mudofaa vazirligining «Namunali xizmati uchun» ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Marosim so‘ngida yig‘ilganlar uchun zamonaviy uchish texnikalari va o‘ziga xos aviashou namoyish etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring