Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

HAMAS qurollarni qayerdan olyapti? Kutilmagan javob

HAMAS qurollarni qayerdan olyapti? Kutilmagan javob

Isroil tomonining fikricha HAMAS G‘azo sektoridagi urushda qo‘llagan qurollarning katta qismi yahudiy davlati harbiylariga tegishli. Bu haqda The New York Times gazetasi G‘arb va Isroil rasmiylari, shuningdek, Isroil razvedkasi vakillariga asoslanib xabar berdi.

Maqolada aytilishicha, Falastinning HAMAS harakati a’zolari uzoq yillar davomida portlamagan Isroil snaryadlarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, omborlardan Isroil qurollarini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan.

«Razvedka ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, HAMAS o‘zining ko‘p sonli raketalari va tankga qarshi qurollarini Isroil G‘azo sektoriga tashlaganida portlamay qolgan minglab snaryadlardan to‘plashga muvaffaq bo‘lgan», — deb yozadi gazeta.

Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, o‘q-dorilarning taxminan 10 foizi odatda portlamaydi, ammo Isroilda bu ko‘rsatkich yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Isroil arsenaliga Vetnam urushi davridan qolgan raketalar ham kiradi, ular uzoq vaqtdan beri ishlab chiqarilmayapti. Ulardan ba’zilarining muvaffaqiyatsizlik darajasi 15 foizgacha bo‘lishi mumkin, dedi isroillik razvedka zobitlaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil oktyabridan buyon Isroil G‘azo sektorini tinimsiz bombalamoqda. 

HAMAS guruhining qurollanishi haqida turli ixtiloflar yuradi. Odatda unga Eron yordam berayotgani aytiladi, shuningdek, Ukraina tomoni talqiniga ko‘ra, harakatga Rossiya ham bilvosita yordam bergan bo‘lishi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring