Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

General-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

General-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

Foto: «Uznews.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 2019-yil 19-noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor D.Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura rasmiy bayonotida.

2019-yil 23-noyabr kuni D.Pan JKning 301-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Dmitriy Pan vazifasidan ozod etilgani haqida xabar tarqaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring