Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gaplashib qo‘ymoqchi» bo‘lganlar og‘ir jarohat olishdi

«Gaplashib qo‘ymoqchi» bo‘lganlar og‘ir jarohat olishdi

2021-yilning 19-mart kuni soat 16:00 larda kosib bo‘lib ishlovchi 29 yoshli Nurullo M. Marg‘ilon shahar Orol bo‘yi MFY. hududida 22 yoshli Abdulxodi N. va Shoxrux Q.lar bilan janjallashib qoladi.

Kosib unga nisbatan tan jarohati yetkazishmoqchi bo‘lishganini sezgach, u poyabzal qaychisi bilan Abdulxodi N.ni chap kurak sohasiga hamda Shoxrux Q.ni chap oyoq boldir sohasiga urib jarohat yetkazgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 51 yoshli Soyibjon X. mast holatda Nurullo M. bilan tortishib qolganini uning o‘g‘li Zuxriddin O. xabar topadi. So‘ng, bu haqida tanishlari Abdulxodi N. va Shoxrux Q.larga aytib, Nurullo M. bilan gaplashib qo‘yishlarini so‘raydi. Natijada ushbu jinoyat kelib chiqadi.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Nurullo M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

«Jinoyat ishi doirasida barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi», deyiladi IIV Tergov departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring