Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVVning ikki zobiti koronavirusdan vafot etdi

FVVning ikki zobiti koronavirusdan vafot etdi

Foto: FVV

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Akimov hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov vafot etdi.

Ushbu xodimlar koronavirus infeksiyasi bilan xastalanib, shifoxonada davolanishayotgan edi.

Podpolkovnik Kuanishbay Akimov 20 yildan ortiq muddat davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

Mayor Doniyor Jabborov ham vazirlik tizimida 2005 yil aprel oyidan buyon turli lavozimlarda xizmat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring