Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV aholini is gazi oqibatlaridan ogohlantirmoqda

FVV aholini is gazi oqibatlaridan ogohlantirmoqda

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

FVV bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida fuqarolardan gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilishni so‘ramoqda.

Xususan:

  • qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmaslik;
  • tungi vaqt aholi turar joylarida o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmaslik;
  • oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik;
  • isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor berish;
  • isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamaslik;
  • isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qilish;
  • gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qilish va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • agarda xonada gaz hidini sezilsa, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmaslik, darhol xonani shamollatish hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar berish.

«Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz», – deyiladi vazirlik chaqiruvida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring