Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Xitoyni mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Xitoyni mag‘lubiyatga uchratdi

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston olimpiya jamoasi ushbu turda Xitoyga qarshi maydonga tushdi va ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv to‘lig‘icha futbolchilarimiz ustunligi ostida o‘tdi. Boy berilgan bir qator imkoniyatlardan so‘ng birinchi bo‘lim oxirida hisob ochildi. Raqib futbolchilari o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘pollik qildi va belgilangan penaltidan Islom Qobilov aniq zarba yo‘lladi — 1:0.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchisi singari o‘tdi. Xitoylik futbolchilar aytarli qarshilik qila olmagan o‘yinda futbolchilarimiz aniq zarba yo‘llashda qiyinchilikka duch kelishdi. Jumladan yana bir penaltini Qobilov golga aylantira olmadi.

Ikkinchi gol esa zaxiradan maydonga tushgan Nurillo To‘xtasinov tomonidan kiritildi. Shu tariqa Drulovich shogirdlari 4 ochko jamg‘arib, guruhdan chiqish imkoniyatini yaxshilab oldi.

U-23 Osiyo chempionati
«S» guruhi, 2-tur.
Xitoy - O‘zbekiston - 0:2 (1:0, 1:0).
Gollar: Islom Qobilov 45+2 penalti, - 0:1. Nurillo To‘xtasinov 80, - 0:2.
Xitoy OTJ: 12.Chen Vei, 3.Xuang Zengyu, 4.Vei Zen, 5.Zu Chenjiye, 6.Xuag Kong (21.Zang Lingfeng, 59), 7.Yang Liyu, 8.Duan Liyu, 10.Xu Jingxang, 11.Chen Binbin, 14.Zao Jiafey, 15.Feng Bosuan.
O‘zbekiston OTJ: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 6.Aziz G‘aniyev, 9.Jasurbek Yaxshiboyev, 10.Bobir Abdixoliqov (11.Mirjahon Mirahmadov, 86), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (8.Nurillo To‘xtasinov, 76).
Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 23, Xuag Kong 69.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring