Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
Nobel jamg‘armasi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha mukofot sohibini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda Viktor Ambroz va Gari Ruvkun mukofotga sazovor bo‘lishgan.
Qayd etilishicha, mukofot «mikroRNK va uning transkripsiyadan keyingi genlarni tartibga solishdagi roli» ustida olib borilgan tadqiqot ishlari uchun berilgan.
Bu Nobel haftaligining birinchi mukofoti bo‘lib, ertaga, 8-oktyabr kuni fizika, 9-oktyabrda kimyo, 10-oktyabrda adabiyot bo‘yicha laureatlarning nomi e’lon qilinadi.
Tinchlik bo‘yicha mukofot esa 11-oktyabr kuni topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter