Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot uchun qonni to‘xtatuvchi «montaj ko‘pigi» yaratildi

Tibbiyot uchun qonni to‘xtatuvchi «montaj ko‘pigi» yaratildi

Foto: Antoine Hart

Markaziy Florida universiteti (AQSh) olimlari qonni to‘xtatuvchi antikmikrobli gel yaratishdi. Tadqiqot haqidagi maqola Biomaterials Science (BioMatSci) jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson jarohat olganida har qanday sharoitda qonni bir zumda to‘xtatish uchun eng oddiy yechim qidirilgandi. Statistikaga ko‘ra, jarohatdan so‘ng dastlabki 30 daqiqada qon to‘xtatilsa, aksariyat o‘lim holatlarining oldini olish mumkin.

Floridalik izlanuvchilar siloksanlar (kremniy va kislorod birikmalari) asosida SilFoam deb nomlangan ashyoni loyihalab sinovdan o‘tkazishdi. U jarohatga maxsus ikki kamerali shprits yordamida surtiladi. Xuddi quruvchilar yoriqlarni to‘ldirishda ishlatadigan montaj ko‘pigiga o‘xshaydi.

SilFoam dastlabki hajmiga nisbatan yetti baravargacha kengayadi. Hosil bo‘lgan ko‘piksimon modda jarohatni qoplab, tarkibidagi kumush oksidi hisobiga uni mikroblardan xalos qiladi. Bir daqiqa ichida qon ketishi to‘xtaydi.

Olimlarning aytishicha, hosil bo‘lgan ko‘pik anchayin yopishqoq bo‘lib, tanada ushlanib turadi, teriga shikast yetkazmasdan og‘riqsiz olib tashlash oson.

Yangi vosita hech qanday maxsus sharoit talab qilmaydi, gelli shpritsni xona haroratida ham saqlash mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring