Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FHDY sohasida yangi qaror loyihasi e’lon qilindi

FHDY sohasida yangi qaror loyihasi e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamotchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Adliya vaziriligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi qabul qilinsa, odamlarga qator qulayliklar bo‘ladi. Xususan:

  • tug‘ilganlik tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo‘limlarida qayd etiladi. Bunda bola tug‘ilganida tug‘ruqxonada beriladigan tegishli QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
  • nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun FHDYo bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiladi;
  • nikohdan o‘tish uchun ariza berilgani haqida yashash joyidagi mahalla komitetini xabardor qilish shart bo‘lmaydi;
  • nikohdan ajratish haqida ariza berilganda yarashtiruv komissiyalariga elektron tizim orqali xabar yuboriladi (hozir fuqarolar o‘zlari borishlari kerak);
  • fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga so‘rovnoma yuborish va xulosa olish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan loyiha kelajakda tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd qilishga, tug‘ilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik holatlarga barham berishga yordam beradi. Shuningdek, yangi tizim orqali soha xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlar sodir etilishining oldini olishga, hamda FHDYo sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga erishiladi.

Mazkur loyihasi muhokamasi 2 iyulga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring