Farg‘onadagi yong‘in qurbonlari soni 4 nafarga yetdi. «Ish» doirasida 5 kishi qamoqqa olingan
Joriy yilning 17-dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi «Petrolium» propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqani va natijada 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lib, yana bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olgani hamda ularning shifoxonaga yotqizilgani aytilgan edi.
Viloyat IIB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonadagi jabrlanganlardan 3 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi «a» bandi hamda 259-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter