Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «MAN» yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi. Bir kishi vafot etgan

Farg‘onada «MAN» yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi. Bir kishi vafot etgan

2020 yilning 26 may kuni soat 06:30 da Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani Yangiqadam qishlog‘i hududidan o‘tgan O‘sh-Toshkent A-373 avtomobil yo‘lining 215 kilometrida, 28 yoshli M.G‘.ning boshqaruvidagi «MAN» rusumli yuk avtomashinasida Toshkent shahar yo‘nalishida harakatlanib kelib, avtomashina qatnov qismining o‘ng chetida eshakka ulangan aravada borayotgan 46 yoshli J.E. va uning voyaga yetmagan farzandi 13 yoshli Z.J.larni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur YTH oqibatida eshak aravada bo‘lgan J.E. hodisa joyida vafot etgan, Z.J. esa turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring