Evropa Ittifoqida 400 millionga yaqin COVID sertifikatlari berilgan
Yevropa Ittifoqida joriy yilning iyulidan beri 400 millionga yaqin Yevropa raqamli COVID-sertifikatlari berilgan. Bu haqda «RIA Novosti»ga bergan intervyusida Yevrokomissiya vakili ma’lum qilgan.
«Ham qonunchilik jarayoni, ham texnik taraqqiyot (YeI raqamli COVID sertifikatlari tizimlari) rekord darajada tezlik bilan yakunlandi. Mart oyida yozgi ta’tilda umumevropa tizimini joriy etishni va’da qilgandik. Lekin birinchi raqamli COVID sertifikatlari YeIda iyul oyidan ancha oldin chiqarilgan edi. Hozirgi vaqtda 400 millionga yaqin bunday hujjatlar tuzilgan», — dedi agentlik suhbatdoshi.
Bugungi kunda Yevropa Ittifoqida kattalar orasida hammasi bo‘lib to‘rtta vaksina tasdiqlangan: Pfizer/BioNTech, Moderna, AstraZeneca va Johnson&Johnson.
Yana bir nechta dorilar, shu jumladan, Rossiyaning Sputnik V vaksinasi ham regulyator tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 1-iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqi elektron koronavirus sertifikatini rasman ishga tushirdi.
Bu uning egasi koronavirusga qarshi to‘liq emlanganligini yoki PZR testi manfiy chiqqanini yoki koronavirusga chalinib, immunitet hosil bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter