Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga respublikaning ayrim hududlari elektr o‘chishidan ogohlantirildi

Ertaga respublikaning ayrim hududlari elektr o‘chishidan ogohlantirildi

Ertaga, 5-dekabr kuni respublikamizning ayrim hududilarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ladi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, Toshkent shahar, Chilonzor tumanining 16-mavzesida joylashgan 3188-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida 10, 11-sonli ko‘p qavatli uylar soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi. «»

Farg‘ona viloyati. «Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan 110/6 Kirguli podstansiyasidan chiquvchi Yusufbek fiderida rele himoyasini tekshirish ishlari olib borilishi sababli mazkur fideridan ta’minlanuvchi quyidagi hududlarda vaqtinchalik elektr energiyasi uzib qo‘yiladi:

Farg‘ona shahridagi «Marvarid», «Fayz», «Temuriylar», «Shabboda», «Gulshan» ko‘chalari hamda Yangi Marg‘ilon hududida joylashgan yuqoridagi fiderga ulangan iste’molchilar hamda Farg‘ona tumanining «Chek-sho‘ra» MFYning hududlarida;

Oltiariq tumanidagi «Oltiariq» podstansiyasidan chiquvchi «Langar» fiderida ta’mirlash ishlari olib borish maqsadida, «Chimyon», «Mindon», «Arab», «Xonqiz», «Qo‘rg‘ontepa», «Oqbilol» QFY aholi xonadonlarida;

Shuningdek, «Obod qishloq» davlat dasturi bo‘yicha Yozyovon tumanining «Ishtirxon», «Takalik» MFYlarida, Uchko‘prik tumanining «Mirzaxo‘ja», Yulg‘unzor MFY hududlarida yangi transformator o‘rnatilishi hamda sim tortilishi munosabati bilan soat 08.00 dan 17.00 ga qadar yuqoridagi aholi xonadonlarida vaqtincha elektr energiya berilishi to‘xtatiladi.

Xorazm viloyati. Urganch tumanidagi «Qoramon», «Yuqori Jirmiz», «Kattabog‘», «Beruniy», «Baxshilar», «Orzu», «Gulobot», «Qo‘ng‘irot» mahallarida, Gurlan tumanidagi «Dehqonbod» mahallasi, Xiva tumanidagi «Shomahulim», «Parchanxo‘z», «Qo‘shni kattabog‘», «Irdimzon», «Polasulton», «Gandimyon», «Soyot Chinobod», «Chanashik» mahallarida joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli yuqorida keltirilgan hududlarda joriy yilning 5 dekabr kuni soat 09:00dan 18:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. 

Qashqadaryo viloyati. Shuningdek, «Qashqadaryo Magistral elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Qarshi-220/110/35/6 kV podstansiyasidan chiquvchi 6 kV kuchlanishli «Aralovul» havo elektr tarmog‘ini o‘chirgichida rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 2019 yil 5-dekabr kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha Qarshi shahrining «Aralovul» mahallasi va «Otchopar» mahallasining bir qismidagi hamda Qarshi tumanidagi «Chorgumbaz» mahallasining ayrim hududlarida yashovchi iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring