Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda tadqiqotchi besh yilga qamaldi

Eronda tadqiqotchi besh yilga qamaldi

Foto: «Fair.org»

Eron sudi Fransiya va Eron fuqaroligiga ega tadqiqotchi Fariba Adelxaxni milliy xavfsizlikka tahdid solganlikda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi, deya xabar berdi «Frans Press» agentligi.

Advokati Said Dehganning ma’lum qilishicha, Adelxax «milliy xavfsizlikka fitna uyushtirganligi uchun besh yil hamda islom respublikasiga qarshi targ‘iboti uchun bir yilga ozodlikdan mahrum etildi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Adelxax besh yildan ham ko‘proq qamoq jazosini o‘tashi kutilmoqda. Shuningdek, advokat ayolning apellyasiyaga berishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring