Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yengilmac kurashchi UFCdagi ilk ishtirokidayoq 9 marta jangni to‘xtatishni so‘radi

Yengilmac kurashchi UFCdagi ilk ishtirokidayoq 9 marta jangni to‘xtatishni so‘radi

Foto: «Essentiallysports.com»

Amerikalik aralash jang (MMA) kurashchisi Maks Roskopf Ultimate Fighting Championship turnirida murabbiydan bir necha bor jangni to‘xtatishni so‘radi. Epizod bilan ESPN Twitter-akkauntida tanishishingiz mumkin.

Ikkinchi raunddan keyingi tanaffus paytida Roskopf murabbiydan to‘qqiz marta jangni to‘xtatishni so‘radi. Murabbiy jangchini fikridan qaytarishga urinib ko‘rdi. Natijada inspektorning qarori bilan jang to‘xtatildi. Roskopf texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchradi.

UFCning sobiq jangchisi Cheyl Sonnenning so‘zlariga ko‘ra, promoushenda ilk bor qatnashayotgan Roskopf musobaqaga besh kun qolganda jangga rozi bo‘lgan. Ekspertning fikricha, sportchi kuch-quvvatdan qolgan.

UFCdagi debyutidan oldin amerikalik jangchi biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagandi. Roskopf bo‘g‘uvchi usullar yordamida ketma-ket besh marta g‘alaba qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring